MO‘G‘ULISTON DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
2026-04-06 16:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston geografik jihatdan uzoq joylashgan va umumiy chegaralarga ega bo‘lmasada o‘zaro aloqalar diplomatiya, iqtisodiyot, transport, madaniyat va gumanitar sohalarda jadal rivojlanmoqda. Xususan, Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasining ochilishi, hukumatlararo va parlamentlararo muloqotning faollashgani, 14 ta ikki tomonlama bitimning imzolanishi o‘zaro ishonch va sheriklikni chuqurlashtirish istagi kuchayganidan dalolat beradi.
O‘tgan yili Shavkat Mirziyoyevning Ulan-Batorga davlat tashrifi O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi.
Ushbu tashrif mazmun-mohiyatiga ko‘ra tarixiy voqea, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Nega deganda, ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan o‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida birinchi marta O‘zbekiston rahbari Ulan-Batorga davlat tashrifi bilan bordi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Zokir Ishpulatov iqlim o‘zgarishi ta’siriga moslashish, suvdan oqilona foydalanish, irrigatsiya tarmoqlari samaradorligini oshirish ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi. Mehmonlarga O‘zbekiston suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida ma’lumot berildi.
Mo‘g‘ulistonning iqlimi issiq, quruq. O‘zbekistonning ayrim hududlariga o‘xshab ketadi.
Mo‘g‘uliston Hukumat ishlari boshqarmasining hududiy boshqaruv va muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Purev Zorigtbaatar O‘zbekistonning suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tajribasini o‘rganish, shu yo‘nalishda hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini gapirib berdi.
O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari va usullari bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, muloqot yakunida ularni Mo‘g‘uliston tomoniga topshirish bo‘yicha hujjat imzolandi.
Axborot xizmati



