“ENG YAXSHI REPORTAJ” TANLOVI
2026-03-13 17:45:00 / Yangiliklar
Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati Navro‘z umumxalq bayramining g‘oyaviy mazmunini yetkazish maqsadida “Eng yaxshi reportaj” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga 2026-yilning 16-martidan 22-martigacha rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan materiallar qabul qilinadi.
Tanlovga yuborilgan materiallarda suv xo‘jaligi tashkilotlarida Navro‘z umumxalq bayramining nishonlanishi yoritilishi lozim.
Tanlovda matbuot kotiblari bilan birga, suv xo‘jaligi xodimlari, ijodkorlar, havaskorlar qatnashishi mumkin.
Tanlov g‘olibiga diplom va sovg‘alar topshiriladi.
