SUV – TIRIKLIK MANBAI
2024-06-11 16:03:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obуektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda suvdan foydalanuvchilar va suv istemolchilari tomonidan qonun buzilish holatlarining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari olib borilmokda.
“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi xodimlari tomonidan 2024-yilning boshidan buyon suvdan oqilona foydalanish va obihayot iste’molida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish borasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 916 marta qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Har bir holat yuzasidan belgilangan me’yor-talablar asosida qonuniy choralar ko‘rildi. Tizimdagi tashkilotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga ogohlantirish va yozma ko‘rsatmalar muntazam berilib kelinmoqda.
Jumladan, Sirdaryo viloyati tumanilarida suvdan foydalanish bo‘yicha kunlik nazorat tadbirlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan viloyat tumanlarida muntazam ishlar olib borilib belgilangan tartibda huquqni muhofoza qiluvchi organlarga ma’muriy va moliyaviy sanksiya hujjatlari rasmiylashtirilib, tegishligi bo‘yicha chora ko‘rilishi uchun yuborilishi ta’minlanmoqda.
Viloyat hududlarida suvning ahamiyati va undan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy seminarlar har haftada davomida muayyan dolzarb mavzuga bag‘ishlangan, tiriklik manbai bo‘lgan bebaho ne’matni ko‘z qorachig‘idek asrashni targ‘ib etgan tadbirlar, anjuman va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Bahodir Mamirov,
“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi
Sirdaryo viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
