BUXORO VILOYATIDA TOMCHILATIB SUG‘ORILGAN G‘O‘ZALAR HOSILGA KIRDI
2024-06-11 15:56:00 / Yangiliklar
Buxoroda chigit ekishda yangicha usul – yerga bir vaqtning o‘zida plyonka to‘shab, tomchilatib sug‘orish quvurlarini tortib chigit ekish ancha ommalashib bormoqda. Olotlik klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklari ushbu yangilikning afzal jihatlariga mana ikki yildirki, guvoh bo‘lishmoqda. Ularning ta’biri bilan aytganda, ertangi hosilning barakasi baribir bo‘lakcha bo‘ladi. Ayni kunlarda ham tumanda shu usulda ekilgan g‘o‘za ko‘chatlari hosilga kirgan.

Olot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari Sherzod Sharipovning ta’kidlashicha, bu yil tumandagi 210 gektar yomg‘irlatib sug‘orilgan g‘alla maydonlarining har gektaridan 100 sentnerdan oshirib xirmon ko‘tarilmoqda.
– Tumanimizda joriy mavsumda 511 gektar maydondagi g‘o‘za ekinlari tomchilatib sug‘orish rejalashtirilgan, – deydi Sh.Sharipov. – Ayni vaqtngacha barcha maydonlarda qurilish-montaj ishlari nihoyasiga yetkazilayapti. 27 ta fermer xo‘jaligidan 7 tasi esa tomchilatib sug‘orish usulida ekinlarni obihayotga qondirmoqda.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati

