«UCHQIZIL» NAFAQAT SUV OMBORI, SHU BILAN BIRGA SOG‘LOMLASHTIRISH MASKANIGA KO‘RK HAMDIR
2024-06-07 15:00:00 / Yangiliklar

«Suvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi mutaxassislari Surxondaryo suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda «Uchqizil» suv omborida seminar o‘tkazib, yig‘ilganlarga suv ombori va uning gidrotexnik inshootlarini xavfsiz, ishonchli va soz holatda ishlatish hamda inshootlardan foydalanish qoidalariga amal qilish, suvdan foydalanishda gidrotexnik inshootlarni boshqarish yuzasidan tavsiya va topshiriqlar berildi.
Seminar jarayonida suv omborida yaqinda yakunlangan rekonstruksiya ishlari sifati o‘rganilib, favqulodda holatlarda lokal xabar berish tizimini o‘rnatish doirasida to‘g‘ondagi pezometrlarning suv sathini avtomatik ko‘rsatadigan qurilmalarda nosozliklar borligi aniqlandi hamda suv ombori mas’ullariga nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini izlash tavsiya qidindi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati

