FARMON VA QARORDAN KELIB CHIQADIGAN VAZIFALAR OBDON TUSHUNTIRILDI
2024-05-31 16:00:00 / Yangiliklar
Amu-Surxon ITHB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ne’mat Xudoyberganov va boshqarmaning «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalari faoliyatini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Soatmurod Boyqulov seminar ishtirokchilariga tuman davlat muassasasi xodimlarining burchi va vazifalari, majburiyatlari xususida to‘laqonli tushuncha berishdi.
Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7-maydagi «Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirish ning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida»gi farmoni hamda joriy yil 5-yanvardagi tegishli qarorida belgilangan vazifalar, suv yetkazib beruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlar, shartnoma shartlarini bajartirish tartiblari, yetkazib berilgan suv hisob-kitobini yuritish va soliq idoralariga dalolatnomalarni tasdiqlagan holda taqdim etish tartib-tamoyillari batafsil tushuntirildi, shuningdek, boshqa majburiyatlar yuzasidan tizim xodimlariga qat’iy topshiriqlar berildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati
