RASMIY MUNOSABAT
2024-05-24 09:00:00 / Yangiliklar

2024-yil 20-may kuni vazirlik ishchi guruhi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Balandchayla qishlog‘ida joylashgan suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejiga borib, holatni o‘rgandi.
Haqiqatan ham kollej o‘quv binosining 2-korpusidagi hozirda foydalanilmay turgan 6 ta xonada ipak qurti boqilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Kollej yordamchi tajriba xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga mo‘ljallangan 25,8 gektar yer maydoni bo‘lib, asosan, paxta va g‘alla yetishtiriladi. Ishlab topilgan daromad kollejning rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Ushbu yer hisobidan tuman hokimligi boqish uchun 4 quti ipak qurti bergan.
Ishchi guruh kollej rahbariyati bilan muhokama o‘tkazib, ta’lim muassasasida ipak qurti boqish mumkin emasligini tushuntirdi.
Mazkur holatga yo‘l qo‘yganligi uchun kollej direktoridan tushuntirish xati olinib, unga nisbatan nisbatan intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritildi.
2024-yil 24-may holatiga xonalar pilladan tozalanib, tartibga keltirildi.
Vazirlik tomonidan kollejga amaliy yordam ko‘rsatilib, xonalar yozgi ta’til vaqtida ta’mirlanadi.
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 9 ta suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji mavjud bo‘lib, kollej faoliyati ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmoqda.
Axborot xizmati
