“SUVXO‘JALIKNAZORAT” INSPEKSIYASINING ASOSIY FUNKSIYALARI RAQAMLASHTIRLDI
2026-01-20 14:30:00 / Yangiliklar

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi (suvnazorat.uz) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-184-sonli farmoniga asosan yaratilgan.
Mazkur elektron tizimni yaratishdan asosiy maqsad – Respublika suv xo‘jaligi sohasidagi qonunbuzilishi xavf darajasini aniqlash, shuningdek, suvning har kungi hisobga olish jurnallarini elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda jismoniy shaxslarning suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aks ettirilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqishdan iborat.
Mazkur elektron tizim, Kadastr agentligining “uzkad” AT, Davlat Soliq qo‘mitasining “soliq.uz” AT, Suv xo‘jaligi vazirligining “suvhisobi.uz”, “nasos.mwr.uz” ATlariga, Biznes-Ombudsmanning “tt.govcontrol.uz” AT, Ichki ishlar vazirligining “E-ma’muriy ish” AT va “Manzilli ro‘yxat” ma’lumotlar bazasi hamda Adliya vazirligining Jismoniy shaxslarning personallashtirish markazi axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Ushbu tizim O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi hamda “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MChJ tomonidan ishga tushirildi.
Axborot xizmati
