E’lon
2026-01-19 17:10:00 / Majlislar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-oktabrdagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-302-sonli qarorining 5-bandiga asosan Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Darg‘om-1” nasos stansiyasi va Urgut tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM tasarrufidagi “G‘ijduvon” kanali davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berilmoqda.
Mazkur loyiha yuzasidan o‘z fikr-mulohazalaringizni vazirlikning Davlat-xususiy sheriklik va autsorsing xizmatini rivojlantirish boshqarmasiga 71 202-47-67 telefon raqami yoki dxsh@minwater.uz elektron pochta manzili orqali 2026-yil 29-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar yuborishingiz mumkin.
Davlat-xususiy sheriklik va autsorsing
xizmatini rivojlantirish boshqarmasi
