Asosiy kontentga o'tish

E'LON

2024-05-14 11:00:00 / Majlislar

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli, Fargʻona tumanida joylashgan “Povulgʻon” nasos stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish bo‘yicha davlat sherigi tomonidan loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi.

Potensial davlat sherigi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga quyidagi shartlarga muvofiq ushbu davlat-xususiy sheriklik loyihalarida qatnashuvchi (yuridik shaxs) talabgorlar murojaat qilishi mumkin.

DXSh loyihasiga qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi

DXSh loyihasining konsepsiyasi

Tenderda qatnashish shartlari:

– talabgorlar (yuridik shaxs) qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yetarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lishi;

– talabgorlar (yuridik shaxs) moddiy va malaka jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

– talabgorlar (yuridik shaxs) so‘rov formasi va takliflarini

2024-yil 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari kerak.

Murojaat uchun manzil:

Suv xo‘jaligi vazirligi, 100187, Toshkent shahri, Qorasuv massivi-4, 11-uy. Tel.: (71) 202-47-61; e-mail: dxsh@minwater.uz

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 100017, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi 29-uy. Tel.: +998(71)203-50-50 (01924); e-mail: ppp@imv.uz

303

Oxirgi yangilanish: 2024-06-10 15:14:08