DIQQAT E’LON!
2025-12-23 17:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 30-avgustdagi 02-1418-sonli topshirig‘i “Yo‘l xaritasi”ning 13-bandi ijrosi yuzasidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishda “Bir kanal – bir tizim” tamoyili asosida pilot loyihasini subsidiya uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirish loyihasi bo‘yicha salohiyatli pudrat korxonasini jalb qilish maqsadida tender hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish hamda tenderga e’lon berish uchun konsalting kompaniyani tanlash yuzasidan tanlov o‘tkazilishi e’lon qilinadi.
Barcha hujjatlar talabgor tashkilotning rasmiy firma blankasida rahbar tomonidan tasdiqlangan va muhr qo‘yilgan ko‘rinishda taqdim etilishi shart.
Loyiha bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni Vazirlikning Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boshqarmasidan olish mumkin (tel: 71-202-47-82,
93-558-83-21).
Tanlov takliflarini taqdim etishning oxirgi muddati 2025-yil 31-dekabr kuni soat 15:00 ga qadar bo‘lib, quyida keltirilgan manzilga topshirilishi so‘raladi.
Konsalting kompaniyani tanlash bo‘yicha tanlov Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4 11-uyda (Suv xo‘jaligi vazirligida) o‘tkaziladi.
