SUVCHI AYOLGA EHTIROM
2025-12-11 17:20:00 / Yangiliklar

Sayxunobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi bosh muhandisi Zoxida Raxmanova Prezidentimiz Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, u “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoniga ham sazovor bo‘ldi.
Quyi Sirdaryo ITHB boshlig‘i Nurkamol Ataqulov sirdaryolik suvchilar nomidan Zoxida Raxmanovani qutladi.
– Suv resurslarini boshqarish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirishda Zoxida opaning hissasi beqiyos, – dedi Quyi Sirdaryo ITHB boshlig‘i Nurkamol Ataqulov. – Bunday fidoiy, mas’uliyatli va tashabbuskor xodimlarimiz bilan faxrlanamiz. Ularning mehnati nafaqat bir hudud, balki butun soha taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.
Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati

