YANGI QAROR LOYIHASI JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA QO‘YILDI
2025-12-09 14:05:00 / Yangiliklar
Qaror loyihasi yuzasidanfikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Ozyorniy” kollektori tizimini tiklash va suv resurslaridan oqilona foydalanish ishlari” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi (https://loyiha.adliya.uz/outgoing/22115/jm).
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu qaror loyihasi 15 kun muddat mobaynida jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
Axborot xizmati
