QIZILTEPA TUMANIDA KUZGI-QISHKI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2025-12-03 17:25:00 / Yangiliklar
2025–2026 yillar kuz-qish davrida Qiziltepa tumanida 32,3 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo kanallarni mashina-mexanizmlar yordamida loyqadan tozalash, 9 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish hamda 18 dona gidrotexnika inshooti va 14 dona suv o‘lchash gidropostni ta’mirlash rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Qiziltepa tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan kuzgi-qishki tadbirlar doirasida 7 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarida betonlashtirish, 25,8 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo kanallarda mashina-mexanizmlar yordamida loyqadan tozalash hamda 15 dona gidrotexnika inshooti va 12 dona suv o‘lchash gidropostida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ayni kunlarda “Ruxobod” ichki sug‘orish tarmog‘ining 1 km uzunlikdagi qismini betonlash ishlari amalga oshirilib, kuzgi-qishki ta’mirlash-tiklash jarayonlari davom etirilmoqda.
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati


