SUV RESURSLARI BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAGA YO‘L QO‘YILMAYDI
2025-12-02 17:50:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasida Samarqand viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda “Biz korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati va mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish, tizimda shaffoflik va ochiqlikni mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Zarafshon ITHB matubot xizmati




