“SUVXO‘JALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMASIDA “KORRUPSIYA UCHUN JAVOBGARLIK MUQARRAR” MAVZUSIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2025-12-01 16:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda korrupsiyaning jamiyat va davlat boshqaruviga yetkazadigan zarari, uning oldini olishda har bir davlat xizmatchisining shaxsiy mas’uliyati muhim ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga davlat xizmatchisining xizmat odobi, qonunchilikda belgilangan cheklovlar, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchalari hamda ularni buzish oqibatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi qonun bilan qat’iy jazolanishi, davlat xizmatchisi faqat qonun talablari asosida, xolis va mas’uliyatli tarzda ish yuritishi shart ekanligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida korrupsiya profilaktikasi bo‘yicha amaliy misollar keltirilib, tashkilot va xodimlar o‘rtasida ochiqlik, shaffoflik hamda halollikni ta’minlash borasidagi vazifalar belgilab olindi.
Norin-Sirdaryo ITHB matbuot xizmati


