O‘QUV KURSI YAKUNLANDI
2025-11-29 17:55:00 / Yangiliklar

Tinglovchilar kunning birinchi yarmida nazariy mashg‘ulotlarni o‘tgan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida ishlab chiqarishlar bilan tanishdi.
Jumladan, tinglovchilar poytaxtimizdagi “TEXNOPARK” MChJning import o‘rnini bosuvchi keng assortimentdagi sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari va maishiy texnika vositalarini ko‘zdan kechirdi.
“O‘zmaxsussuvta’mirta’minot” AJ mamlakatimizdagi elektr dvigatellar, generatorlar va nasos uskunalari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan hisoblanadi. Korxona faoliyati loyiha hujjatlarini tayyorlashdan tortib yetkazib berish, montaj qilish va obyektni ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi.
“Suvmash” AJ sanoatning turli yo‘nalishlari uchun yuqori sifatli nasos uskunalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Ushbu korxonalarga tashrif tinglovchilar uchun foydali bo‘ldi.
O‘quv kursi yakunida barcha tinglovchilarga sertifikat topshirildi.
Tadbirlarda Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev ishtirok etdi.
Axborot xizmati








