TABIAT VA MEHNAT UYG‘UNLIGI
2025-11-08 15:25:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi A–373-avtomobil yo‘lining 45-kilometri o‘ng tomonida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Yashil makon” bog‘ini tashkil etish maqsadida hashar uyushtirildi.
Unda Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Toshkent viloyatidagi suv xo‘jaligi tashkilotlaridan 300 nafarga yaqin ishchi-xodimlar, muhandis-texnik mutaxassislar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Hasharga 10 dan ortiq maxsus texnika, transport va suv tashish vositalari jalb etildi. Ularning yordamida hududdagi yer maydonlari hashar oldidan tayyorlandi hamda ko‘chat ekish uchun sharoit yaratildi.
Ekofaollardan biri, Chirchiq-Ohangaron ITHB boshlig‘ining o‘rinbosari Alijon Zokirovning aytishicha, tadbir davomida 1 gektar maydonga 500 dan ziyod ko‘chat yerga qadaldi. Hashar faol va ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tdi.
Ko‘chat ekish bo‘yicha hashar ertaga ham davom ettiriladi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati



