YASHIL BELBOG‘ EKO AKSIYASI DAVOM ETMOQDA
2025-11-25 15:20:00 / Yangiliklar

Jumladan, Norin-Qoradaryo ITHB va uning tizim tashkilotlari tomonidan Andijon viloyatda o‘tkazilgan Eko aksiyasida faol qatnashib, suv xo‘jaligi obyeklari atrofidagi yer maydonlariga manzarali va mevali daraxt ko‘chalarini ekishda faol qatnashdilar.
Mavsum boshidan beri 550 ming 800 tub mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilgan bo‘lib, belgilangan rejaning qayrib 94 foizi bajarildi.
– Dono xalqimiz “Yaxshidan bog‘ qolar” deb bejiz aytmagan, – deydi ekofaol xodimlardan biri, Norin-Qoradaryo ITHBning “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha mas’ul xodimi Behzodbek Axmedov. – Bugungi kunda ekilayotgan har tup daraxt shunchaki majburiyat yuzasidan emas, balki mehr bilan yerga o‘tqazilmoqda.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati


