FRANSIYANING MAMLAKATIMIZDAGI ELCHISI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2025-11-21 17:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekkiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyaga asosan izchil rivojlanib borayotganligini ta’kidladi.
Jumladan, suv xo‘jaligi sohasida qam qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Eng yirik qo‘shma loyihalardan biri – “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Suyenli” kanali irrigatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasining umumiy qiymati 150 million AQSh dollarini tashkil etib, Fransiya taraqqiyot agentligi va Yevropa investitsiya banki tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Bu loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslarini samarali boshqarish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olish, aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.
Uchrashuvda O‘zbekiston suv xo‘jaligi xo‘jaligini modernizatsiya qilish, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, soha mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish orqali suv resurslarini barqaror boshqarishda hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama etildi.
Axborot xizmati


