FRANSIYA TARAQQIYOT AGENTLIGINING VA YEVROPA INVESTITSION BANKI VAKILLARI QORAQALPOG‘ISTONGA TASHRIF BUYURDI
2025-11-20 17:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Missiyaning Texnik topshiriqlariga muvofiq, ular bo‘yicha taqdimotlar ham qilindi. Jumladan, tegishli idoralar tomonidan Loyiha haqidagi ma’lumot hujjati tasdiqlanish jarayoni holatiga baho berish va Kredit shartnomasi hamda Grant shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlash, Loyihani tezkor ishga tushirishni ta’minlashga qaratilgan keyingi qadamlar, shu jumladan, texnik yordamni jalb qilish xarid qilish bosqichidan kontraktni imzolash kabi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Delegatsiya vakillari missiya davomida Qo‘ng‘irot tumanigacha borib, “Suyenli” kanalini qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilot vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Fransiya taraqqiyot agentligi, Yevropa investitsiya banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Suyenli” kanali tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasining umumiy qiymati 150 mln. AQSh dollarni tashkil etib, “Suyenli” kanalining Taxiatosh, Xo‘jayli, Shumanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlaridagi qismi rekonstruksiya qilinishi kutilmoqda.
Loyiha doirasida “Suyenli” kanalining 96,6 km qismi hamda gidrotexnik inshootlarini rekonstruksiya qilish va “Suyenli” kanalining bosh suv olish inshootini qayta tiklash orqali suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 171 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlariga kafolatli suv yetkazib beriladi, shuningdek kanallarning foydali ish koeffitsiyentini o‘rtacha 15–30% oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati


