Ishonch telefoni reglament
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Murojaatlarni 71 202-11-01 raqamli ishonch telefoni orqali qabul qilish”
REGLAMENTI
- Xizmatni yoritish (pasport)
Murojaatlarni 71 202-11-01 raqamli “Ishonch telefoni” orqali qabul qilish.
Markazga kelib tushgan murojaatlarning o‘z vaqtida, to‘liq va qonun talablariga qat’iy rioya etgan holda ko‘rib chiqilishini tashkil etish va nazorat qilish, bu borada tezkor axborot almashinuvini ta’minlash orqali fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik).
O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslari yoki ularning qonuniy vakillari.
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonundan kelib chiqib, murojaat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan Agentlikka kelib tushgan kundan e’tiboran (15) o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Murojaatlarni ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha materiallarni so'rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lgan hollarda, ularni ko'rib chiqish muddatlari tegishli ichki ishlar organi rahbari tomonidan, istisno tariqasida asoslantirilgan bildirgi orqali ko'pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Taklif Agentlikka kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o'n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
2. Xizmat oluvchilarga ma’lumot berish
2.1. Ma’lumot hajmi va tarkibi
Agentlik sohaviy xizmatlari bo'yicha ko‘rib chiqilgan murojaatlar bo‘yicha yakuniy javob xatida murojaatda keltirilgan masalaning yechimi yuzasidan aniq ma’lumotlar bayon etiladi.
Bir shaxsning aynan bir masala bo‘yicha oldingi murojaatiga javob berilmayotganligi haqidagi murojaati agar uni qonunda belgilangan ko‘rib chiqish muddati o‘tmagan bo‘lsa bu haqda muallifga tushuntiriladi.
2.3. Murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat berish
Agentlik xodimlari tomonidan murojaat mualliflariga huquqiy maslahat berilishi taqiqlanadi.
3.1. Ish vaqti
Murojaatlar “Ishonch telefoni” orqali dushanbadan-jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
4.1. Xizmat ko‘rsatish uchun undiriladigan haq.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish xizmati - bepul.
Muallif tomonidan shaxsiga oid ma’lumotlar berilmagan taqdirda, unga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan murojaati ko‘rib chiqilmasligi tushuntiriladi.
5. Sifatni ta’minlash
Jismoniy va yuridik shaxslarning Agentlikka kelib tushgan murojaatlarini amalga oshirishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini samarali ta’minlash.
Ko‘rsatilgan xizmatdan qoniqish hosil qilinmaganida, jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ishonch telefoni reglamenti elektron nusxasi
