Bo'sh ish o'rinlari
1.Malakaviy talablar bilan tanishish
Har bir vakant lavozimga alohida malaka talablari belgilanadi.
Malaka talablariga mos kelmagan va (yoki) test sinovidan muvaffaqiyatli o’ta olmagan nomzodlar ishga qabul qilinmaydi.
Nomzodlardan:
- texnik yo‘nalish bo‘yicha, soha yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
- soha yo‘nalishi bo‘yicha, shuningdek Texnik jihatdan tartibga solishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari bo’yicha yuqori bilim va ko’nikma;
- davlat tili (rus, ingliz tili)ni mukammal bilish, ingliz tilini bilgan nomzodlarga alohida e’tibor qaratiladi;
- kompyuter dasturlaridan yuqori darajada foydalana olish talab etiladi.
Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas:
- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
- korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
- og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
- tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
2. Vakant lavozimlarga ish qabul qilish tartibi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali ochiq va ichki tanlov asosida hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2022-yil 15-dekabrdagi “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi markaziy apparatidagi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida”gi Tartibiga asosan amalga shiriladi.
Nomzodlar millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, o’zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ochiq tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
3. Ishga qabul qilish chog‘ida talab etiladigan hujjatlar:
- pasportni yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani;
- oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining o‘rniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi ma’lumotnomani taqdim etadi;
- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnomani yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
- oliy yoki o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni, qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lsa, o‘sha ishga kirish chog‘ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnomani (sertifikatni) yoxud boshqa tegishli hujjatni;
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini.
Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsdan ushbu Kodeksda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
4. Bo‘sh ish o‘rinlari
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ochiq va ichki tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
2025-yil 23-iyul holatiga vakant lavozimlar:
- Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi Bosh mutaxassis
- Energiya menedjeri - xo‘jalik ishlari bo‘yicha Bosh mutaxassis
- Raqamlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi Bosh mutaxassis
Vakansiya link -> https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-list?regionSoato=10&organizationId=14647
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligidagi bo‘sh ish o‘rinlariga da’vogarlar uchun savollar ro‘yxati:
Davlat nazorati yo‘nalishi bo‘yicha
Korrupsiya yo‘nalishi bo‘yicha
Menejment_yo‘nalishi_bo‘yicha
Metrologiya yo‘nalishi bo‘yicha
