Niderlandiyaning "KEMA" laboratoriyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-10-28 09:10:00 / Yangiliklar

Ma’lumot uchun: KEMA (Keuring van Elektrotechnische Materialen te Arnhem) NV, 1927-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Niderlandiyaning Arnhem shahrida joylashgan global energiya konsalting kompaniyasidir. U biznes va texnik konsalting, operatsion qo‘llab-quvvatlash, o‘lchovlar va tekshirish, shuningdek, sinov va sertifikatlash xizmatlarini o‘z ichiga olgan energiya qiymat zanjiri uchun boshqaruv konsaltingi, texnologiya konsaltingi va xizmatlarini taklif etadi.
Mamlakatimizda 2026-yilda eksport geografiyasini 80 ta davlatga va eksport hajmini 3 milliard dollarga yetkazish va elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlash va undan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar va standartlarni joriy etish orqali eksportbop yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotganligi qayd etildi.
"KEMA" laboratoriyasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikda to‘rtta muhim yo‘nalishi, eng avvalo, sinov va sertifikatlashtirish, standartlashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va tajriba almashish atroflicha ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga tayyorlik bildirgan holda, birgalikda amaliy choralarni ko‘rishga kelishib oldilar.




