Jamoatchilik Kengashi yig‘ilishi: Ochiq muloqot – ochiq natijalar
2025-08-06 10:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda Agentlikning 2025-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi. Jamoatchilik Kengashining faoliyati va uning ahamiyati, shuningdek, sohadagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi
Jamoatchilik Kengashi raisi Azamat Pardayev tomonidan joriy faoliyat, aholi bilan ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tizim tashkilotlari rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi. Jumladan:
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori L. Saidoripov institut tomonidan 2025-yil birinchi yarim yilligida bajarilgan ishlar, xalqaro hamkorlik, etalonlar sohasidagi yangiliklar va istiqboldagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi direktori J. Kattakhodjaev markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar va sifat nazorati tizimidagi yangiliklar haqida axborot taqdim etdi.
Tadbir yakunida Jamoatchilik Kengashi faoliyati, agentlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va tashkilotlar hisoboti yuzasidan fikr almashildi. Barcha ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.







