Buyuk Britaniyaning Intertek kompaniyasi bilan uchrashuv
2025-04-16 10:00:00 / Yangiliklar

Ma’lumot uchun: “Intertek Group plc” - neft va gaz, energetika, avtomobil sanoati, qurulish, elektronika, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, xavfsizligini ta’minlash va standartlashtirish sohasida jahon lideri bo‘lib kelmoqda. Kompaniyaning 100 dan ortiq mamlakatlarda ofislari, laboratoriyalari va sertifikatlashtirish markazlari mavjud.
Uchrashuvda Intertek kompaniyasi bilan SЕ markirovka, mahsulotlarning xalqaro va Yevropa talablari (EN, ISO, ASME, ASTM, IEC)ga muvofiqligini baholash, sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish, malakali kadr tayyorlash, vakolatxona va sinov laboratoriyalarini ochish sohasida tajriba almashishda hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi.
Intertek Group plc O‘zbekistonda muvofiqlikni baholash sohasida akkreditatsiyadan o‘tishga, neft-gaz, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik tarmoqlarida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar sinovi va sertifikatlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishiga tayyorligini ma’lum qildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Intertek Group plc o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolashgan, ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.



