Ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2025-03-06 18:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 83-maqsadining 8-bandiga muvofiq tashkil etilgan uchrashuvda Akmal Jumanazarov iqtidorli yoshlarni keyingi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar bilan tanishtirdi. Agentlik tizim tashkilotlarida mavjud laboratoriyalar va tashkil etilishi rejalashtirilayotgan laboratoriyalarning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlarni chuqur bilim olib, ilm-fanga qiziqishlarini oshirishlari ertangi kungi mazmunli kelajak faoliyatlari uchun zamin yaratishi haqidagi haqiqatni aniq misollar bilan ochib berdi.
Xorijiy tillarni puxta o‘rganib, xalqaro grantlarda ishtirok etishlari, sohani xalqaro andozalarga mos ravishda rivojlanishi uchun kelajak mutaxassislari sifatida faoliyat yuritishlari mumkinligini tushuntirdi.
Samimiy ruhda o‘tgan ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.



