Gamburg şahrida IEC Boş Assambleyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi
2026-11-21 10:00:00 / Yangiliklar

✅ Germaniyaning Gamburg şahrida Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) Boş Assambleyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda elektrotexnika sohasida xalqaro standartlarni işlab çiqiş va joriy etiş, texnik talablarni uyğunlaştiriş, innovasion texnologiyalarni rivojlantiriş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
✅ Yiğilişda IEC faoliyatining ustuvor yönalişlari, milliy standartlaştiriş organlarining xalqaro jarayonlardagi iştiroki, raqamli transformasiya, qayta tiklanuvçi energiya manbalari va elektrotexnika mahsulotlari xavfsizligini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Ma’lumot uçun, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC — International Electroteçnical Commission) energetika, elektrotexnika va elektronika sohalarida xalqaro standartlarni işlab çiqiş hamda uşbu yönalişlarda global hamkorlikni rivojlantiruvçi nufuzli xalqaro taşkilot hisoblanadi. IECning tegişli qaroriga muvofiq, Özbekiston 2027-yil 1-yanvardan boşlab taşkilotning tölaqonli a’zosi böladi.
Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekiston tarixida ilk bor Standartlar instituti mutaxassislari IEC Young Professionals Programme dasturida iştirok etdi. Bu milliy mutaxassislarning xalqaro tajribasini oşiriş, zamonaviy bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda xalqaro standartlaştiriş jarayonlaridagi iştirokini kengaytiriş uçun muhim imkoniyatdir.
IEC bilan hamkorlikni rivojlantiriş elektrotexnika mahsulotlari sifati va raqobatbardoşligini oşiriş, eksport imkoniyatlarini kengaytiriş hamda milliy sifat infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida takomillaştirişga xizmat qiladi.
✅Mazkur yönalişdagi izçil işlar Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, milliy texnik talablarni xalqaro meyorlarga uyğunlaştiriş, savdodagi texnik tösiqlarni bartaraf etiş va mahalliy mahsulotlarning taşqi bozorlardagi raqobatbardoşligini oşirişga zamin yaratadi.

