Xalqaro standartlar, ilğor tajriba va malakali mutaxassislar — Özbekistonda halol turizmni rivojlantirişning muhim omillari
2026-11-18 10:00:00 / Yangiliklar

✅ Toşkent şahrida halol turizm xizmatlarini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va könikmalarini oşiriş hamda ilğor xorijiy tajribani keng joriy etişga qaratilgan xalqaro öquv seminari bölib ötmoqda.
✅ 2026-yil 18–19-noyabr kunlari ötkazilayotgan mazkur tadbir Islom hamkorlik taşkiloti huzuridagi Iqtisodiy va tijorat hamkorligi böyiça doimiy qömita (COMCEC) hamda Islom mamlakatlari standartlar va metrologiya instituti (SMIIC)ning qöşma loyihasi doirasida taşkil etilgan.
✅ «OIC/SMIICning halol restoran va turizm xizmatlari standartlari asosida turizm sohasi iştirokçilarining salohiyatini oşiriş» mavzusidagi seminarda standartlaştiriş va turizm sohalaridagi mas’ul taşkilotlar, ta’lim muassasalari, Özbekiston musulmonlari idorasi, Oşpazlar uyuşmasi, sayyohlik agentliklari vakillari hamda soha ekspertlari iştirok etmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi halol restoran va turizm xizmatlarini taşkil etişda xalqaro standartlar talablarini amaliyotga tatbiq etiş, xizmatlar sifatini oşiriş va sohada yagona yondaşuvni şakllantirişdan iborat.
Seminar davomida iştirokçilar SMIIC tomonidan qabul qilingan OIC/SMIIC 6:2019 — halol oziq-ovqat tayyorlaş, saqlaş va xizmat körsatiş joylariga qöyiladigan maxsus talablar hamda OIC/SMIIC 9:2019 — halol turizm xizmatlariga qöyiladigan umumiy talablar bilan batafsil tanişmoqda.
Şuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, xizmat körsatiş sifatini nazorat qiliş, muvofiqlikni baholaş va halol turizm infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari nazariy bilimlar, amaliy maşğulotlar va xalqaro tajriba asosida muhokama qilinmoqda.
✅Mazkur xalqaro seminar Özbekistonda halol turizm ekotizimini rivojlantiriş, turizm va xizmat körsatiş sohalarida xalqaro standartlarni keng joriy etiş, mutaxassislar malakasini oşiriş hamda milliy turistik xizmatlarning xalqaro bozordagi raqobatbardoşligini mustahkamlaş yölida muhim ahamiyat kasb etadi.





