11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni!
2026-11-11 10:00:00 / Yangiliklar

Mehnat qadri, inson qadri va jamoa birdamligi — yuksak e’tibor markazida
✅11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmaları kuni munosabati bilan Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi hamda uning tizim taşkilotlari xodimlari, hududiy filiallar vakillari va kasaba uyuşmasi faollari iştirokida bayram tadbiri taşkil etildi.
✅Tadbirda kasaba uyuşmalarining xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, mehnat munosabatlarini mustahkamlaş, munosib mehnat şaroitlarini yaratiş hamda jamoada soğlom ijtimoiy muhitni şakllantirişdagi örni va ahamiyati alohida e’tirof etildi.
Şuningdek, tizimda faoliyat yuritayotgan kasaba uyuşmasi faollari va a’zolarining mehnat jamoalaridagi birdamlikni mustahkamlaş, xodimlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasidagi taşabbuslari ta’kidlandi.
✅Fursatdan foydalanib, barça kasaba uyuşmalari faollari va a’zolarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam soğliq, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va şarafli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, el-yurt ravnaqi hamda xodimlar manfaatlari yölidagi ezgu işlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bölsin!



