O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-11-02 10:00:00 / Yangiliklar

🫥O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xitoyning China Testing & Certification International Group Co., Ltd. (CTC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🫥Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda sinov laboratoriyalari faoliyati yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida milliy sifat infratuzilmasini takomillashtirish, xalqaro standart va talablarni amaliyotga joriy etish, mahsulotlar xavfsizligi va sifatini ta’minlash, shuningdek, sinov va sertifikatlashtirish jarayonlariga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Xitoyning mazkur sohadagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, CTC kompaniyasining texnik salohiyati va amaliy imkoniyatlaridan foydalangan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
🫥Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish hamda amaliy aloqalarni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


