O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida quyosh energetikasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-10-23 10:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan “Solar Energy Seminar & Business Meeting” xalqaro seminari va biznes uchrashuvida ishtirok etdi.
✅ Tadbir doirasida koreyalik tadbirkorlarga O‘zbekistonda quyosh panellari va quyosh energetikasi sohasidagi mahsulotlarning muvofiqligini baholash tartiblari, shuningdek, yashil energetika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida taqdimot qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda Koreya kompaniyalari tomonidan muqobil energetika sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy mahsulotlar, texnologiyalar va texnik yechimlar taqdim etildi. Ishtirokchilar quyosh energetikasi sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, texnik jihatdan tartibga solish va mahsulotlar muvofiqligini baholash yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.
✅ Mazkur tadbir O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida quyosh energetikasi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, koreyalik kompaniyalarni O‘zbekiston bozoridagi imkoniyatlar bilan tanishtirish hamda xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 YouTube



