Milliy qadriyat, ona tili va ma’naviyat — yoshlar tarbiyasining muhim poydevori
2026-10-22 11:00:00 / Yangiliklar

🔵 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ona tilimizga hurmat, milliy madaniyat va san’atni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur hamda ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Mehriddin Rahmatov o‘zining ijodiy faoliyati, hayotiy tajribasi va san’at yo‘lidagi izlanishlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, milliy madaniyatning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, yoshlarning ona tilini puxta bilishi, uning boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishi hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishining ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. San’atkor bilan samimiy suhbat yoshlarning milliy san’at, madaniyat va ma’naviyatga oid bilimlarini boyitish, ularni ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
🔴 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoada davlat tiliga hurmatni yuksaltirish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


