Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
2026-10-19 10:00:00 / Yangiliklar

✅Texnik jihatdan tartibga solish agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
✅Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori Alimardon Ahmedov ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlar hamda huquqbuzarliklarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xizmat vazifalarini bajarishda halollik va xolislik tamoyillariga amal qilish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Seminar-trening xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish, qonunchilik talablariga rioya etish mas’uliyatini kuchaytirish hamda tashkilot faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.



