2027-yilgi MDH mukofoti uchun 11-tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!
2026-10-15 10:00:00 / Yangiliklar

✅ Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda raqobatbardosh ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan nufuzli «Mahsulot va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlar uchun MDH mukofoti»ga start berildi.
✅ Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan mazkur tanlov korxonalarning sifatni boshqarish borasidagi yutuqlarini xalqaro miqyosda e’tirof etish, eksport salohiyatini kengaytirish va MDH davlatlari bozorida raqobatbardoshlikni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
✅ 2027-yilgi MDH mukofoti uchun 11-tanlovda mahsulot va xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratadigan, o‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishgan hamda xalqaro bozorlarda o‘z o‘rniga ega korxonalar ishtirok etishga taklif etiladi.
Tanlovda ishtirok etishning asosiy shartlari:
Barqaror sifat: Mahsulot yoki xizmat sifati kamida so‘nggi ikki yil davomida barqaror yuqori darajada bo‘lishi lozim.
Eksport salohiyati: Ishlab chiqarilayotgan mahsulot kamida bitta MDH davlatiga eksport qilinayotgan bo‘lishi shart.
Korxona faoliyati natijalari: Sifatni boshqarish tizimi, ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsion yondashuvlar va iste’molchilar qoniqishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat baholanadi.
Tanlov yo‘nalishlari:
Ishtirokchilar quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar;
Xalq iste’moli tovarlari;
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;
Xizmat ko‘rsatish sohasi.
✅ O‘zbekiston korxonalarini ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz! Mahsulot va xizmatlaringiz sifati, innovatsion yechimlaringiz hamda erishgan natijalaringizni xalqaro miqyosda namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Murojaat uchun ma’lumotlar:
Tanlovda ishtirok etish shartlari va ariza topshirish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: 100174, Toshkent sh., Farobiy ko‘chasi, 333 «A»
✉️ Elektron pochta: uzst@standart.uz | durdonadaminik@gmail.com
👤 Mas’ul hodim: Durdona Daminova
📞 Telefon / Telegram / WhatsApp: +998 (97) 721-08-83.

