“Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi
2026-10-14 11:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti tashabbusi bilan "14-oktabr — “Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” o‘tkazildi.
✅ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 552-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hududida tashkil etildi.
Xalqaro tadbirda AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Niderlandiya, Shveysariya va boshqa davlatlardan kelgan ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Joriy yilgi Butunjahon standartlar kuni “Yaxshiroq dunyo uchun umumiy qarash: BRM 7 — Hamyonbop va toza energiya” shiori ostida o‘tkazilib, barqaror rivojlanish va farovon kelajakni ta’minlashda standartlarning muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi.
✅ Ko‘rgazma doirasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion loyihalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy o‘lchash vositalari, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari hamda raqamli yechimlar namoyish etildi.
Shuningdek, milliy va xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish, ularning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash va eksport salohiyatini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr va tajribalar almashildi.
✅ Tadbirning tantanali qismida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislarni taqdirlash marosimlari o‘tkazildi. Jumladan, “Eng yaxshi standartlashtiruvchi” milliy mukofoti sovrindorlari hamda “Sifat sohasida” milliy tanlovi laureatlari taqdirlandi. Shuningdek, ishtirokchilar ko‘rgazma eksponatlari, zamonaviy ishlanmalar va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bugungi kunda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish,






