Jilin universiteti bilan innovatsion hamkorlik: mashinasozlik va standartlashtirishda yangi loyihalar
2026-09-23 10:00:00 / Yangiliklar

🫥 O‘zbekiston delegatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Jilin universiteti (Jilin University) rahbariyati o‘rtasida xalqaro standartlashtirish, mashinasozlik va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari xodimlari ham ishtirok etdi.
🫥 Uchrashuvda asosiy e’tibor Jilin universiteti va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mashinasozlik sohasida akademik mobillikni kengaytirish hamda ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga samarali joriy etishga qaratildi.
Muhokamalar davomida tomonlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib oldilar:
Standartlashtirish va ta’lim: standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasini ta’lim jarayoniga chuqur integratsiya qilish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash;
Ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalar: mashinasozlikning fundamental yo‘nalishlari, progressiv ishlab chiqarish texnologiyalari, CNC (CNC) dastgohlari hamda sinov uskunalarini tatbiq etish;
Innovatsion tizimlar: aqlli ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish, qurilish texnikasi, avtonom boshqaruv tizimlari va boshqa istiqbolli texnologik yechimlarni rivojlantirish.
🫥 Shuningdek, uchrashuv doirasida ikki tomonning mavjud ilmiy-tadqiqot platformalari va zamonaviy laboratoriya imkoniyatlaridan unumli foydalanish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda soha mutaxassislari va ekspertlarining muntazam tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.



