O‘zbekistonda ilk bor standart namunalarni ishlab chiqarish yo'lga qoyildi
2026-09-22 11:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi va metallurgiya sohalari jadal rivojlanmoqda. Bu esa mahsulot sifatini xalqaro standartlarga muvofiq nazorat qilish va o'lchashlar aniqligini ta'minlashni talab etadi.
Hozirgacha laboratoriyalardagi o'lchash vositalarining aniqligini ta'minlash uchun standart namunalar asosan importdan keltirilmoqda.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O'zbekiston milliy metrologiya institutida (O'zMMI) O'zDSt ISO 17034:2021 standarti asosida import o'rnini bosuvchi quyidagi standart namunalarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi:
▶️suyuqliklarning pH ko'rsatkichi (7,00 va 9,21 pH);
▶️suyuqliklarning elektr o'tkazuvchanligi (1413 µS/cm).
O'zMMIning kimyo laboratoriyasi O'zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan baholanib, Milliy akkreditatsiya reyestriga kiritildi va O'ZAK.SN.0003-sonli "Standart namuna ishlab chiqaruvchisi" guvohnomasiga ega bo'ldi.
O‘zMMI muvofiqlikni baholash sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarni hamkorlikka taklif etadi. Qo‘shimcha texnik ma’lumotlar, sertifikatlar, foydalanish shartlari hamda boshqa ma’lumotlarni quyidagi kontaktlarga bog‘langan holda olish mumkin:
☎️ Telefon: +998 78 150 65 09; +998 87 488-88-95
✉️ Elektron pochta: srm@nim.uz
