Yevropa bozoriga yo‘l: Qoraqalpog‘iston to‘qimachilik mahsulotlari Chexiya orqali eksport qilinadi
2026-09-18 16:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan mahalliy mahsulotlarni Chexiya orqali Yevropa davlatlari bozorlariga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish va texnik masalalarni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
✅ Agentlik direktori Akmal Jumanazarov Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “ELLIKALA DENIM”, “BOSTON DENIM”, “RAYHON COLLECTION”, “BARAKA-TEKSTIL GROUP” va “TO’RTKO’L SHISHA IDISHLARI” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvlar davomida ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot sifati ko‘zdan kechirilib, ularni texnik reglamentlar hamda standartlar talablariga muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotlarda korxona rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-son qaroriga muvofiq ajratiladigan subsidiyalar va ulardan foydalanish tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.
✅ Shuningdek, to‘qimachilik korxonalarida OEKO-TEX, SEDEX va WRAP kabi xalqaro talablarni joriy etish hamda tegishli sertifikatlarni olishda uslubiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.





