18 sentabr kuni Samarqand shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-09-17 10:00:00 / Voqealar taqvimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 13 dekabrdagi «Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-375-son qaroriga asosan, 2026 yil davomida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati tomonidan hududlardagi tadbirkorlik subyektlari bilan «Biznes hamroh» markazlarida sayyor qabul uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu rejaga muvofiq, navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 18 sentabr kuni soat 14:00 da Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
✅ Mazkur tadbirda hududdagi korxona va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar hamda barcha jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid masalalar, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat infratuzilmasi yo‘nalishlaridagi muammolar yuzasidan mutasaddilardan bevosita javob olishlari uchun qulay imkoniyat yaratiladi.
📍Manzil: Samarqand shahri,
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti majlislar zali,
Universitet xiyoboni 17-uy.
