O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 42-chi etalon ishga tushirildi
2026-09-17 10:00:00 / Yangiliklar

✅ Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining yuqori aniqlikdagi oʻzgarmas tok qarshiligi boshlangʻich etaloni ishga tushirildi. Mazkur etalon yordamida energetika tizimidagi oʻzgarmas tok qarshiligi oʻlchash vositalari va koʻpriklari 0,1 mΩ dan 20 PΩ gacha oʻlchash koʻlamida, 10 ppm aniqlikda oʻlchash imkoniyatiga erishiladi.
✅ Hozirda ushbu etalon yordamida Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) doirasidagi GULFMET.EM-K2 asosiy solishtirishlar loyihasida oʻlchashlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yuqori aniqlikdagi etalonni ishga tushirish va yangi tashkil etilgan laboratoriya infratuzilmasi bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati yaqindan tanishtirildi.



