Yashil energiya va xalqaro brend: Agentlik direktori “Asia Powersun” korxonasi faoliyatini o‘rgandi
2026-09-16 15:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan “Asia Powersun” MCHJ qo‘shma korxonasida bo‘lib, jamiyat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅Ma’lumki, ushbu korxona quyosh panellarining asosiy elementi hisoblangan fotoelektrik mahsulotlar (komponentlar) hamda elektron detallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
✅Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, amaldagi texnik reglamentlar va milliy standartlar talablariga muvofiqligi atroflicha o‘rganildi.
Muloqot chog‘ida “Asia Powersun” MCHJ QK mahsulotlarini Yevropa davlatlariga eksport qilish ko‘lamini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda korxonaga xalqaro standartlarni joriy etish hamda “CE” markirovkasini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
✅ Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmoni asosida tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi.
✅Standardlashtirish va metrologiya yo‘nalishlarida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yuritish hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashning ahamiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
✅Uchrashuv yakunida tomonlar quyidagi muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar:
• Xalqaro standartlarni ishlab chiqarishga keng joriy etish;
• Bozor nazorati tizimini takomillashtirish hamda mahsulotlar sifatini kafolatlash;
• Korxona xodimlarining soha bo‘yicha malakasini oshirish.




