Ispaniyaga toʻqimachilik mahsulotlari eksportini oshirish boʻyicha biznes muloqot oʻtkazildi
2026-09-15 11:00:00 / Yangiliklar

✅ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi hamkorligida videokonferensiya shaklida biznes muloqot tashkil etildi.
✅ Tadbirda Ispaniyaning “Ayeco” kompaniyasi rahbari A. Pastrana, soha mutaxassislari hamda respublikamizdagi yetakchi toʻqimachilik korxonalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarining Ispaniya bozoriga eksport hajmini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va oʻzbek brendlarini Yevropa bozorida samarali ilgari surishdan iborat boʻldi.
Muloqot davomida tomonlar quyidagi muhim masalalarni muhokama qildilar:
🔵Shou-rum va savdo maydoni: Madrid shahrida oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlari uchun zamonaviy ulgurji savdo maydoni va shou-rum tashkil etish;
🔴Investitsiya va hamkorlik: Ispaniyaning yirik toʻqimachilik kompaniyalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri sheriklik aloqalariga jalb qilish;
🟢Savdo aloqalari: Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlash.
✅ Tadbirlar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar Ispaniya bozoriga kirish talablari, sertifikatlashtirish va eksport jarayonlari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
✅ Muloqot yakunida hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida aniq chora-tadbirdar va ijro muddatlari aks etgan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish hamda belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.



