O‘zbekiston delegatsiyasi CTC kompaniyasining zamonaviy laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi
2026-08-19 12:00:00 / Yangiliklar

✅ Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi delegatsiyasi China Testing & Certification International Group Co., Ltd (CTC) kompaniyasining zamonaviy laboratoriyalari va shourumi faoliyati bilan tanishdi.
✅ Delegatsiya qurilish materiallari va oyna mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan laboratoriyalarning texnik imkoniyatlari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanganligi, sinov jarayonlari hamda mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholash usullarini o‘rgandi.
Shuningdek, CTC kompaniyasi shourumida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga taqdim etilayotgan mahsulotlar, ularning texnik xususiyatlari, sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan ma’lumotlar olindi.
Muloqotlar davomida O‘zbekistonda qurilish materiallari, xususan, oyna mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, ilg‘or texnologiyalar va sinov metodikalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar laboratoriyalar salohiyatini oshirish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, texnik kadrlar malakasini oshirish hamda CTC kompaniyasining ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
✅ Mazkur amaliy aloqalar qurilish materiallari va oyna mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini baholash tizimini takomillashtirish, zamonaviy sinov infratuzilmasini rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.




