Mustaqillikning 35 yilligi arafasida — buyuk ajdodlar merosiga ehtirom
2026-08-18 11:00:00 / Milliy qadriyatlar va bayramlar

✅ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida milliy tariximiz, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
✅ Shu maqsadda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Andijon viloyatidagi hududiy filiallari xodimlari buyuk davlat arbobi, sarkarda, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish maqsadida “Bog‘i Bobur” istirohat bog‘i hamda “Bobur va jahon madaniyati” muzeyida bo‘ldilar.
Mazkur ma’rifiy tadbir davomida muzey ekspozitsiyalari, Temuriylar va Boburiylar sulolasi tarixi, ularning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, noyob kitoblar, qo‘lyozmalar va tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishildi.
Muzey ilmiy xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Bobur asarlarida keltirilgan masofa, uzunlik, maydon, vazn va boshqa o‘lchovlarga oid ma’lumotlar, shuningdek, davlat boshqaruvida aniq hisob-kitob va o‘lchovlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
✅ Muloqot yakunida Bobur asarlarida uchraydigan o‘lchov va o‘lchash masalalarini tadqiq etish, tarixiy o‘lchov birliklarini o‘rganish hamda ularni zamonaviy metrologiya nuqtayi nazaridan ilmiy tahlil qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Buyuk ajdodlar merosini o‘rganish — tarixga ehtirom, bugunga mas’uliyat va kelajakka ishonchdir!


