Sanoat korxonalari eksport salohiyati oshirilmoqda
2026-08-12 10:00:00 / Yangiliklar

🫥 Texnik tartibga solish agentligi mas’ullari tomonidan Toshkent viloyati Olmaliq tumanidagi «Olmaliq Quyuv mexanika zavodi» MChJ, «Olmaliq Aluminium» MChJ hamda «Buyuk Ipak yo‘li» maxsus iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan, eksport bozorlariga chiqmagan korxonalar faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, amalga oshirilayotgan loyihalari hamda mahsulotlarning eksport salohiyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolar, tadbirkorlarning taklif va ehtiyojlari muhokama qilinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida REX hamda GSP+ imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatlari, xorijiy davlatlar bozorlariga chiqishda xalqaro standartlar va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.
🫥 Shu bilan birga, korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash, muvofiqlikni baholash hamda eksport talablariga mos ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🫥 Muloqotlar davomida Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 16-fevralda qabul qilingan PF–25-son Farmonning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar tadbirkorlik subyektlariga atroflicha tushuntirildi. Xususan, korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, sifat infratuzilmasi talablariga mos faoliyat yuritishini ta’minlash va xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.



