Sifat infratuzilmasi rivoji – e’tiborda
2026-08-06 10:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov xizmat safari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.
Shuningdek, xizmat safari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan qator sanoat korxonalariga tashrif buyurildi. Jumladan, Kegeyli tumanida tashkil etilayotgan “Kegeyli Textile” MCHJ hamda Nukus shahrida joylashgan “Osten Technologies” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Korxonalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda mahsulotlarni xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish, zamonaviy standartlarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish, o‘lchashlar aniqligini ta’minlash, muvofiqlikni baholash jarayonlarini takomillashtirish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.




