Sirdaryo viloyatida tizim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi
2026-08-04 10:00:00 / Yangiliklar

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari J.Shakarovning Sirdaryo viloyatiga xizmat safari doirasida Agentlik tizimidagi tashkilotlarning hududiy filiallari o‘rganildi.
Xizmat safari davomida filiallarning moddiy-texnik bazasi, sinov va o‘lchash laboratoriyalarining texnik imkoniyatlari, bino va inshootlarning holati, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, laboratoriyalarni zamonaviy sinov hamda o‘lchash uskunalari bilan jihozlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur chora-tadbirlar texnik jihatdan tartibga solish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish, laboratoriyalar salohiyatini mustahkamlash hamda tizim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


