Pragada "Made in Uzbekistan" milliy shourumi ochildi
2026-07-25 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarovning Chexiya Respublikasiga amalga oshirgan xizmat tashrifidoirasida Praga shahrida "Made in Uzbekistan"milliy shourum tashkil etildi.
Mazkur shourum O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini Yevropa bozorida ilgari surish, milliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Yevropa davlatlari ishbilarmon doiralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli investisiya va savdo sherikliklarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida barpo etildi.
Ekspozisiyadan mamlakatimizning 17 ta yetakchi korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 48 turdagi mahsulotlar o‘rin olgan bo‘lib, ular orasida sanoat, qurilish materiallari, elektr texnikasi, maishiy mahsulotlar va boshqa eksportbop tovarlar namoyish etilmoqda.
Tomonlar mazkur tashabbus O‘zbekistonmahsulotlarining Yevropa bozoridagitaniluvchanligini oshirish, eksport geografiyasinikengaytirish hamda ikki mamlakat ishbilarmondoiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishinita’kidladilar.
Shourum faoliyati doirasida O‘zbekiston ishlabchiqaruvchilari mahsulotlarini Chexiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga olib chiqish, yangi sheriklar topish hamda o‘zaro manfaatlisavdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchunqulay imkoniyatlar yaratilishi qayd etildi.






