O‘zMMI yosh olimlari Anvar Zaxidov bilan ilmiy uchrashuv o‘tkazdi
2026-07-23 10:00:00 / Yangiliklar

Dallasdagi Texas universitetining Nanotexnologiyalar instituti direktor o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari doktori, Amerika olim-materialshunosi, Amerika Fizika Jamiyati a’zosi Anvar Zaxidov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (O‘zMMI) yosh olimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zMMI tomonidan amalga oshirilayotgan kvant metrologiyasi yo‘nalishidagi loyihalar, jumladan, absolyut gaz akustikasi usulida ishlovchi kvant termodinamik harorat laboratoriyasi hamda vakuumda gravimetrik usul yordamida gaz oqimini o‘lchash laboratoriyasini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zMMI tomonidan yangi barpo etilayotgan Kvant metrologiya markazining infratuzilma loyihasi bo‘yicha ma’lumot berildi. Anvar Zaxidov o'z o'rnida loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Anvar Zaxidov yosh olimlarga ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.



